Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada 26 o‘quvchi tinchlik uchun ibodat chog‘ida xushini yo‘qotdi
Ukrainaning Lvov viloyatida joylashgan Ojidov qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan ommaviy ibodat chog‘ida 26 nafar maktab o‘quvchisi xushidan ketib qoldi. Bu haqda Ukrainaning “Vesti” nashri xabar bermoqda.
Bolalardan 6 nafari shifoxonaga yotqizildi.
Bolalar ota-onalari bilan birga yig‘ilish zalida to‘planib, estafeta tarzida butun Ukraina bo‘ylab olib yurilgan bibi Maryam ikonasi oldidagi tinchlik uchun ommaviy ibodatda ishtirok etayotgan edi. Tez yordam felsheri Mariya Kolesnikning aytishicha, ibodat chog‘ida bolalarning bir qismi ahvoli yomonlashayotganidan shikoyat qilgan. Ayrimlarining ko‘ngli aynigan, ayrimlari esa qorni og‘riyotganidan noligan.
Aniqlanishicha, tor zalda ko‘p odam to‘plangani bois ayrim bolalar xushini yo‘qotgan.