Sport | 17:54 / 27.05.2015
1457
1 daqiqa o‘qiladi

“Benfika” yarim himoyachi Nikolas Gaytan yaqin orada “Manchester Yunayted”ga o‘tadi

A Bola nashrining ma'lumotlariga ko‘ra, “Benfika”ning 27 yoshli argentinalik yarim himoyachi Nikolas Gaytanning “Manchester Yunayted”ga o‘tishi bo‘yicha bitim deyarli 80-90 foiz yakunlangan. Transfer qiymati 30 mln yevroga yaqinni tashkil qilmoqda.

Gaytanning “MYu”ga o‘tishi 29 mayda Portugaliya ligasi kubogi finalidan keyin rasman e'lon qilinadi. Ushbu finalda “Benfika” va “Maritimu” to‘qnash keladi.

Joriy mavsumda Gaytan Portugaliya chempionatida o‘tkazgan 27 o‘yinida raqiblar darvozasiga 4 to‘p urdi va 13 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish