Jahon | 06:35 / 27.05.2015
1888
1 daqiqa o‘qiladi

Arizonadagi Apple zavodida yong‘in chiqdi

Arizona shtati hududidagi Apple kompaniyasiga tegishli zavodning tomi yona boshladi. Bu haqda SNBS xabar bermoqda.

Xabarda qayd qilinishicha, hodisa oqibatida halok bo‘lgan yoki jarohatlanganlar yo‘q.
Binodan 12 kishi evakuatsiya qilingan. Hududdagi o‘t o‘chirish xizmatining ma'lum qilishicha, yong‘in ustidan nazorat qo‘lga olingan.

Hozircha Apple kompaniyasi bu hodisa yuzasidan izoh bermadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish