Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot | 19:29 / 27.05.2015
5529
1 daqiqa o‘qiladi
FIFA ishi tufayli Rossiya va Qatar fond bozorlari qulay boshladi
FIFAning bir guruh amaldorlariga nisbatan korrupsiya ayblovi bo‘yicha ish qo‘zg‘atilishi haqidagi axborot Rossiya va Qatar fond bozorlariga sezilarli zarba berdi.
Bugun Qatar asosiy birjasi indeksi 1.45 foizga qisqarib, 12.228 punktga tenglashdi. Korruptsion janjal avjiga chiqqan pallada indeks 2.6 foizga tushib, 12 ming punktni tashkil qildi.
Rossiya birjasi ham bosim ostida qoldi, lekin keyinroq 0.06 foizga ko‘tarilish kuzatildi; indeks 1641 punktga tushib, yana 1652.71 punktga ko‘tarildi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish