Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda aksilterrorchilik operatsiyasi davomida 20 kishi qo‘lga olindi
Istanbul xavfsizlik boshqarmasi 26 may kechki payt ekstremistik ruhdagi Maochilar kommunistik partiyasi a'zolarini hibsga olish bo‘yicha yirik operatsiya o‘tkazdi. Bu haqda Anatoliya agentligi xabar bermoqda.
Hozirda 20 kishi hibsga olingan, biroq hibsga olinganlar soni ortishi mumkin.
Hammasi bo‘lib operatsiyaga 800 ga yaqin politsiyachi, jumladan Xavfsizlik boshqarmasining terrorchilikka qarshi bo‘limining maxsus vazifalarni bajaruvchi xodimlari jalb qilindi. Huquq-tartibot xodimlari politsiya vertolyoti yordamida Istanbulning 10 ta uyezdida 30 ta manzil bo‘yicha oblavalar uyushtirishdi. Hibsga olingan partiya faollari yonidan ikkita avtomat, to‘pponcha va katta miqdordagi partiya hujjatlari musodara qilindi. Ta'kidlanishicha, ushbu shaxslar 1 may kuni politsiyachilar bilan to‘qnashuvlarda ishtirok etgan. Ular yuzlariga niqob taqqan holda politsiyachilarga tosh va yonuvchi aralashma solingan idishlar uloqtirishgan.
Maochilar kommunistik partiyasi Turkiyada ekstremistik qurollangan tashkilot hisoblanadi. Uning tarkibini mamlakatning boshqa kommunistik partiyalari va harakatlaridan chiqqan odamlar tashkil qiladi. Partiya o‘z faoliyatini mamlakatning bir necha viloyatlarida olib boradi.