Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama: Rossiya Ukraina bo‘yicha yanada hujumkor pozitsiyani egalladi
AQSh prezidenti Barak Obama NATO bosh kotibi Yyen Stoltenberg bilan uchrashuv yakunlariga ko‘ra bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Rossiya Ukraina bo‘yicha yanada hujumkor pozitsiyani egallaganini ma'lum qildi. Bu haqda Agence France-Presse xabar bermoqda.
“Biz Ukrainadagi vaziyatni va Rossiyaning unga nisbatan pozitsiyasi hujumkor tus olib borayotganini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldik”, – Obamaning so‘zlarini keltiradi agentlik Tvitterdagi sahifasida.
O‘z navbatida, Stoltenberg Ukraina ixtilofini hali ham tinch yo‘l bilan hal qilish imkoniyati borligini ma'lum qildi.