Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Turkiyadan 867 ming dollarga teri oshlovchi jihozlar sotib oladi
“O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi korxonalarining bir guruh rahbarlari Turkiyaga safar uyushtirishdi.
Ma'lum qilinishicha, ular teri-ko‘nchilikka ixtisoslashgan bir qator mahalliy korxonalarda uchrashuvlar o‘tkazib, O‘zbekiston poyabzal sanoatini rivojlantirish maqsadida zamonaviy texnologiyalar xarid qilish masalasini ko‘rib chiqqanlar.
Uyushma matbuot xizmatining xabar berishicha, safar yakunlariga ko‘ra CEMSAN Mak Ins. San.Tik. Ltd. Sti kompaniyasi bilan zamonaviy qurilma va jihozlar sotib olish bo‘yicha umumiy qiymati 867 ming dollarga teng uchta shartnoma imzolangan.