Jahon | 19:25 / 27.05.2015
1883
1 daqiqa o‘qiladi

Qozonda turk olami jurnalistlarining s'yezdi bo‘lib o‘tadi

Tatariston poytaxtida turkiy xalqlar va davlatlarning jurnalistlari ishtirokida ikkinchi xalqaro s'yezd o‘tkaziladi. Tadbirning ochilish marosimi bugun bo‘lib o‘tdi.
Ma'lum qilinishicha, tadbirda Turkiya, Iroq, Suriya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Vengriya, Moldova, Ruminiya, Bolgariya, Gretsiya va boshqa davlatlar vakillari ishtirok etadi. Tadbir tashkilotchisi – Turk olami jurnalistlari Butunjahon federatsiyasi va “Tatmedia” respublika matbuot va ommaviy kommunikatsiyalar bo‘yicha agentligi.
TURKSOY tashkiloti tomonidan tashkil etilgan birinchi s'yezd 2014 yilning mart oyida Eskishehirda o‘tkazilgan edi. Unda 30 mamlakatdan 120 vakil ishtirok etgan edi.
S'yezdni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad turkiy xalqlar jurnalistlari o‘rtasida tajriba almashinuvini tashkil etish ekanligi aytilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish