Sport | 08:05 / 27.05.2015
1883
2 daqiqa o‘qiladi

Ronaldino: «Koutino “Barselona” o‘yiniga juda mos tushadi”

“Barselona” futbol klubining sobiq yarimhimoyachisi Ronaldino o‘zining yurtdoshi, “Liverpul” va Braziliya terma jamoasining hujumkor yarimhimoyachisi Filippe Koutinoning katalon klubiga o‘tishi joizligi haqidagi o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

“Koutino ajoyib mavsum o‘tkazdi. U Yevropada maydonning o‘rta chizig‘ida to‘p surgan eng yaxshi o‘yinchilardan biri bo‘ldi. Filippe o‘zini yaxshi namoyon qila olmagan klubda to‘p surgani hisobga olinsa, uning bu natijasi yanada ahamiyatliroq ko‘rinish oladi.

Mening Koutino nomidan yoki “Barsa” nomidan gapirishga haqqim yo‘q. Biroq “Barselona” qanday sifatdagi o‘yinchilarni qidirsa, bu barcha sifatlar Filippeda mavjud.

Ko‘p yillik faoliyatidan keyin Xavi “Barsa”ni tark etdi, Inestaning yoshi 30dan oshgan – bunga e'tiborni qaratish lozim. Shularni hisobga oladigan bo‘lsak, “Barselona” va Koutino bir-birlariga juda mos tushgan bo‘lardi.

Buyuk futbolchilar bilan o‘ynaganingda sen yanada yaxshiroq tomonga o‘zgarasan. “Barselona”da Koutino nafaqat unvonlarga erishadi, balki maydonga Neymar, Messi, Suares va Inesta kabi futbolchilar bilan birga tushib, o‘yinchi sifatida yanada takomillashadi”, deb aytmoqda Ronaldino.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish