Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 10 kilogrammlik noutbuk yaratildi
Rossiyada kompyuter texnologiyalari ishlab chiqaruvchilari Rossiyaning “Elbrus” protsessori negizida 10 kg keladigan noutbuk yaratdi.
Gadjyet vazniga ko‘ra kundalik ishlatishga mo‘ljallanmagan ko‘rinadi va hozirgi o‘lchamlar bo‘yicha o‘ziga xos ko‘rsatkichlarga ega. Kompyuter takt chastotasi 800 MGts li 4-yadroli “Elbpuc-4S” protsessorida ishlaydi. Protsessor 65 nm texnologiyasi bo‘yicha bajarilgan va 64-bitli hisoblashlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Kompyuter DDR3-1600 turidagi xotira bilan ishlay oladi.
Kompyuter ixtirochilarining aytishicha, yangi qurilma faqatgina Rossiyada ishlab chiqarilgan komponentlarga asoslangan. Qurilmaning narxi 150 ming rublni tashkil qiladi. Displey o‘lchamlari haqida hech narsa aytilmagan, biroq uning ko‘rsatish qobiliyati 1024 x 768 nuqtani tashkil qiladi. Operatsion tizimi sifatida Linux (Windows XP operatsion tizimini o‘rnatish imkoniyati bilan) o‘rnatilgan. Qayd qilish joizki, bu noutbukning ajablanarli jihati shundan iboratki, uning batareyasi quvvati bor-yo‘g‘i 1 soat ishlashga yetadi.