Jahon | 09:12 / 27.05.2015
4260
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaga IT bo‘yicha 1 mln mutaxassis kerak

Rossiya axborot texnologiyalari bo‘yicha 1 mln nafar mutaxassisga muhtoj. Bu haqda Innopolis hokimi Yegor Ivanov “Axborot texnologiyalari mudofaa sanoati majmuasi xizmati” mavzuidagi konferensiyada bayonot berdi.
“Agar rivojlangan davlatlar statistikasiga qaraydigan bo‘lsak, ularda soha mutaxassislari ulushi mamlakat aholisining 1 foizini tashkil qiladi. Bu degani, agar biz rivojlanishni istasak, Rossiyaga yana 1 mln mutaxassis kerak”, – ta'kidlab o‘tdi u.