Sport | 19:09 / 27.05.2015
2027
1 daqiqa o‘qiladi

UYeFA ijroiya qo‘mitasining navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkaziladi

UYeFA prezidenti Mishel Platini ijroiya qo‘mitasining navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkazilishini xabar qildi.
“Qo‘mita a'zolari chorshanba kuni yig‘iladi, barcha milliy futbol uyushmalari vakillari to‘planadi, – dedi Platini AFP nashriga bergan bayonotida. – UYeFA bugun Tsyurixda sodir bo‘lgan voqealardan taajjubda va chuqur qayg‘uda”.
Eslatib o‘tamiz, bugun AQSh sudi FIFAning 9 nafar mansabdor shaxsiga hamda tashkilot faoliyati bilan bog‘liq 5 kompaniya rahbarlariga nisbatan ayblov hukmlarini e'lon qildi. Shu hukmning ijrosi doirasida Shveytsariyada FIFA va KONKAKAFning bir qancha amaldorlari hibsga olindi. Bundan tashqari, politsiya 2018 va 2022 yillardagi jahon chempionatlari o‘tkaziladigan davlatlarni tanlash jarayonidan pul ishlashda gumon qilinayotgan bir guruh shaxslar ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish