O‘zbekiston | 17:58 / 27.05.2015
1564
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya tijorat universiteti rektori O‘zbekistonga tashrif buyuradi

17-22 iyul kunlari Yaponiya moliyaviy va savdo kompaniyalari, kimyoviy, optik, elektrotexnik mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalari rahbarlari va xodimlaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Delegatsiyaga Chiba tijorat universiteti rektori Xaruo Shimada rahbarlik qiladi.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad iqtisodiyotning “o‘zbek modeli” qay tarzda ishlayotgani, shuningdek, O‘zbekiston tarixi va madaniyati yodgorliklari bilan tanishishdir.
Shimadaning xabar qilishicha, delegatsiya Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlarida bo‘ladi, shuningdek, vazirliklar, idoralar, tadqiqot institutlari va universitetlar vakillari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish