Jamiyat | 19:28 / 27.05.2015
4497
1 daqiqa o‘qiladi

YuNeSKO palovni xalqaro nomoddiy madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritishi mumkin

2016 yili YuNeSKO palovni O‘rta Osiyo xalqlarining noyob ijtimoiy-madaniy fenomen sifatida xalqaro nomoddiy madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritishi mumkin.

2015 yilning mart va aprel oylarida O‘zbekiston va Tojikiston YuNeSKOga palov bilan bog‘liq mahalliy madaniyat va an'analarni ushbu ro‘yxatga kiritish uchun murojaatnoma yo‘lladi.
O‘zbekiston yuborgan talabnoma “Palov: madaniyat va an'analar”, Tojikistonning talabnomasi esa “Oshi palav: an'anaviy taom va uning Tojikistondagi ijtimoiy-madaniy konteksti” deb nomlanadi. Bu murojaatlar YuNeSKO nominatsion qo‘mitasining rasmiy saytida joylashtirilgan.

Bu murojaatlar keyingi yili ko‘rib chiqiladi. Ekspertlarning fikricha, palov har ikki davlatga tegishli meros va an'ana sifatida ro‘yxatga kiritilishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish