Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi Bashar Asad va uning atrofidagi mulozimlariga qarshi sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi
Yevropa Ittifoqi Suriya prezidenti Bashar Asad va uning atrofidagi mulozimlariga “mamlakatda davom etayotgan repressiya va inson huquqlarining tahqirlanishi” sababli sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Yevropa Ittifoqida Suriyadagi vaziyat og‘irlashayotgani aytilmoqda. Suriyaning taxminan 200 nafar amaldori va 70 ta tashkilotiga nisbatan kiritilgan sanksiyalar (hisob raqamidagi mablag‘larning muzlatilishi va YeI hududiga kirishni taqiqlash) muddati uzaytirildi.
Bundan tashqari, Suriyaga qurol embargosi, neft import qilish va ba'zi xom ashyolarni eksport qilishga kiritilgan taqiqlovlar ham o‘z kuchida qoldi. Bundan tashqari, Yevropa kompaniyalariga hanuzgacha Suriyaning neft sohasiga mablag‘ kiritish taqiqlangan.
YeI tomonidan Suriyaga qarshi sanksiyalar ilk bor mamlakatda fuqarolik urushi endigina boshlanganda, 2011 yilning may oyida kiritilgan edi. 5 yildan beri davom etayotgan ushbu mojaro tufayli 220 mingdan ko‘proq odam ayazit chekdi, millionlab suriyaliklar qo‘shni davlatlarga chiqib ketdilar. Suriyada hukumat qo‘shinlari va muxolifat kuchlari o‘rtasidagi qarama-qarshilikdan tashqari, IShID, Ozod Suriya armiyasi va “Islom fronti” terrorchilik tashkilotlari ham bir-birlari bilan kurashmoqda.