Sport | 12:55 / 28.05.2015
2468
1 daqiqa o‘qiladi

Pogba "Barselona"da Messidan keyin eng ko‘p haq to‘lanadigan futbolchi bo‘lmoqchi

"Barselona" jamoasi Yuventus" yarimhimoyachisi Pol Pogbani sotib olish uchun muzokaralar boshladi.

El Mundo Deportivo nashrida ma'lum qilinishicha, fransuz futbolchisining agenti Mino Rayola kataloniyaliklar o‘z mijozining transfer huquqini sotib olishni istasa, uning "Yuventus"da oladigan maoshidan 3 barobar ko‘proq to‘lashi kerakligini bildirgan.

Ayni vaqtda Pogba "Yuventus"da yiliga 4 mln yevro maosh oladi, Rayola esa "Barselona" unga yiliga 12 million yevro to‘lashini istamoqda.

Agar shu shart bajariladigan bo‘lsa, Pogba "Barselona"da Messidan keyin eng ko‘p haq to‘lanadigan futbolchi bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish