Sport | 18:22 / 28.05.2015
2700
1 daqiqa o‘qiladi

Putin FIFAdagi mojaro Rossiyadagi jahon chempionatiga ta'sir qilmasligini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin FIFAdagi mojaro Rossiyada bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan 2018 yilgi jahon chempionatining o‘tkazilishiga ta'sir qilmasligini aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

Putin “FIFAdagi vaziyat 2018 yilgi jahon chempionatiga ta'sir qilish ehtimoli mavjudmi?” degan savolga “Bilmadim. Bu bizga taalluqli emas”, deb javob berdi.

Avvalroq Nyu-Yorkda AQSh adliya departamentining FIFA, KONKAKAF va KONMeBOL futbol tashkilotlaridagi korrupsiyaga bag‘ishlangan matbuot-anjumani bo‘lib o‘tgan edi. Unda AQSh bosh prokuri Loretta Linch va FQB direktori Jyeyms Komi ham ishtirok etdi. Korruptsion mojaro tufayli FIFAning bir qator amaldorlari hibsga olindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish