Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda birinchi bor boks bo‘yicha APB turnirlari doirasida o‘yinlar o‘tkaziladi
2015 yilning 30 mayida Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida boks bo‘yicha 60 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida APB turnirlari birinchi silsilasi uchrashuvlar o‘tkaziladi. Tadbir O‘zbekiston boks federatsiyasi tomonidan madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va Xalqaro boks havaskorlari uyushmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.
Ma'lumot uchun, APB (ARV) yarim havaskor boks yo‘nalishidir. Bu seriyadagi turnirlar Xalqaro boks havaskorlari uyushmasi tomonidan professional va havaskor boks imkoniyatlarini birlashtirish asosida tashkil etilgan.