Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:53 / 28.05.2015
2120
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiyada Nazarboyev nomi bilan atalgan 4-ko‘cha ochildi
Turkiyaning Adana shahridagi ko‘chalardan biriga Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev nomi berildi. Bu Turkiyadagi uning nomi bilan atalgan 4-ko‘cha bo‘ldi.
Shahar gubernatori Mustafo Buyuk ko‘chaning ochilish marosimida qilgan chiqishida Nazarboyevning jahon miqyosida taniqli shaxs ekanligini ta'kidlab, uni Turkiya asoschisi Mustafo Kamol Otaturk bilan qiyosladi.
Nazarboyev nomli birinchi ko‘cha Navshaharda 2011 yili ochilgan edi. 2012 yilda shu nomli ko‘cha Qirshaharda, 2013 yili esa Gabzada ochildi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish