Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
30 may kuni Toshkentda AIBA Pro Boxing boks turniri boshlanadi
30 may kuni Toshkentdagi "O‘zbekiston" sport majmuasida AIBA Pro Boxing seriyasidagi turnirning 60 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasidagi musobaqasi boshlanadi.
30 may kungi dasturdan 4 jang o‘rin olgan. Turnirning ilk kunida Shvetsiya, Italiya, Irlandiya, Braziliya, Rossiya, Germaniya, Filippin va O‘zbekiston vakillari bo‘lgan bokschilar kuch sinashishadi.
O‘zbekiston nomidan birinchi kungi bahslar doirasida Xurshid Tojiboyev chiqish qiladi. U ringda Irlandiya vakili Joys Devid Oliver bilan jang qiladi. Bu jang 3 daqiqadan 8 raund davom etadi.
Qayd etish joizki, turnirda 10 vazn toifasining har birida 8 nafardan bokschi ishtirok etadi. Har bir vazn toifasidagi 8 bokschi o‘zaro 4tadan jang o‘tkazishadi, g‘olib esa 2016 yilgi Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
Toshkentdagi turnir turniridagi uch seriyadan birinchisi bo‘lib, keyingi seriyalar 18 iyul va 19 sentabrda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.