Sport | 09:42 / 29.05.2015
1935
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh va Kanada vakillari FIFA prezidentligi uchun saylovda Iordaniya shahzodasiga ovoz berishadi

AQSh va Kanada FIFA prezidentligi uchun o‘tkaziladigan saylovda Iordaniya shahzodasi Ali ibn al-Husaynni qo‘llab-quvvatlashadi. Bu haqda Assosheyted Press nashri xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, AQSh vakili Sunil Gulati hamda Kanada vakili Viktor Montalyani shunday bayonot bilan chiqishgan.

29 may kuni oqshomida dunyodagi mamlakatlarning futbol federatsiyalari rahbarlari FIFA prezidentligi uchun ovoz berishadi. Bu saylovda amaldagi prezident Yozef Blatter hamda vitse-prezident Ali ibn al-Husayn o‘zaro kurash olib borishadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish