Sport | 21:21 / 29.05.2015
3006
2 daqiqa o‘qiladi

Blatter o‘zining saylovoldi nutqida futbolga kuchli va tajribali yetakchi kerakligini ta'kidladi

Bugun, 29 may kuni Shveytsariyaning Tsyurix shahrida FIFA kongressi bo‘lib o‘tmoqda. Bu tadbir davomida tashkilot prezidentligiga saylov ham o‘tkaziladi. Saylovda ushbu lavozimni 1998 yildan buyon egallab kelayotgan Yozef Blatter hamda Iordaniya shahzodasi Ali bin Al-Husayn o‘zaro kurash olib boradi.

Yozef Blatter o‘z chiqishida dunyo futboliga kuchli va tajribali yetakchi kerakligini qayd etdi. Uning fikricha FIFA rahbari homiylar hamda siyosiy hamkorlar bilan qanday ishlash kerak ekanini bilishi lozim bo‘ladi.

"Men sizlar bilanman. Kimdir meni bu o‘rinda uzoq vaqt qolib ketganlikda ayblamoqda. Lekin, bu vaqt tarix oldida qancha ulushga ega? Menga vaqt tez o‘tgandek tuyuladi. Men sizlar bilan ishlashda davom etishni istayman. Futbol - oddiy o‘yin emas. Futbolga kuchli va tajribali yetakchi kerak. FIFA prezidenti homiylar hamda siyosiy hamkorlar bilan qanday ishlash kerak ekanini bilishi lozim. Men sizlar bilan birgalikda olg‘a harakat qilmoqchiman", deydi Blatter o‘zining saylovoldi chiqishida.