Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Liverpul» yozgi transferlar vaqtida Balotellini sotadi
The Times nashrining xabar berishicha, Angliyaning «Liverpul» jamoasi yozgi transferlar oynasi vaqtida italiyalik hujumchisi Mario Balotelli bilan xayrlashish niyatida.
Futbolchining agenti Mino Rayola Italiya terma jamoasining 24 yoshli futbolchisi ingliz klubida qolishi haqida ta'kidlab kelayotgan bo‘lsa-da, «Liverpul» bosh murabbiyi Brendan Rojyers Balotellini sotish haqidagi qarorni bir necha oy avval qabul qilib bo‘lgan.
Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida Balotelli 16 uchrashuvda maydonga tushib, atigi bitta gol urgan va bitta samarali to‘p uzatishni amalga oshirgan.