Jahon | 23:46 / 29.05.2015
4382
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada bedana tuxumidek keladigan do‘l yog‘di

Moskva hududida momaqaldiroq paytida bedana tuxumidek keladigan do‘l yog‘di.

Favqulodda vaziyatlar vazirligida Moskvada 29 may kuni kechki payt jala yog‘ishi va chaqmoqlar bo‘lishi, do‘l yog‘ishi ehtimoli borligi aytilgan. Qutqaruvchilar bunday ob-havoda daraxtlar ag‘anashi, elektr uzatish liniyalarining shikastlanishi, suv toshqinlari ro‘y berishiga e'tiborlarini qaratdi.

Kuchli momaqaldiroq oqibatida Moskva aeroportlarida 170 ga yaqin reys ushlab qolindi. Yomon ob-havo sharoiti ertalabgacha davom etishi aytilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish