Jahon | 19:56 / 29.05.2015
1796
1 daqiqa o‘qiladi

Qatar Fors ko‘rfazidagi urushdan keyin ilk bor Bag‘dodda elchixona ochadi

Qatar 1990 yilda Fors ko‘rfazida yuz bergan urush tufayli Iroq bilan uzilgan diplomatik aloqalarni tiklashga qaror qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Biz diplomatik faoliyatni boshlash uchun Bog‘dodda Qatarning elchixonasini ochishga kelishib oldik”, deb aytdi Iroq Ichki ishlar vaziri Ibrohim al-Jafariy va elchixona yaqin orada ochilishini ta'kidlab o‘tdi.

Qatar Saddam Husayn tomonidan uyushtirilgan 1990 yildagi Fors ko‘rfazida yuz bergan urushdan keyin Iroqdagi elchixonasini yopib qo‘ygan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish