Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadan xorijga mablag‘ chiqarish qisqarmoqda
Rossiya Markaziy banki ma'lumotlariga qaraganda, jismoniy shaxslar tomonidan chet elga chiqarilayotgan naqd pul hajmi qisqarib bormoqda. Bunga inqiroz sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, Rossiya fuqarolari va boshqa davlat fuqarolari tomonidan mamlakat tashqarisiga pul o‘tkazish operatsiyalari ikki barobarga qisqargan. 2015 yilning 1-choragida rossiyaliy jismoniy shaxslar pul o‘tkazmalari tizimlari orqali chetga 2.1 mlrd dollar chiqargan, bu 2010 yilning shu davridan buyon eng kam ko‘rsatkichdir. 2014 yilning 1-choragida 3.9 mlrd, 4-choragida esa 4.3 mlrd dollar chiqarilgan edi.
Bu ko‘rsatkichlar faqatgina pul o‘tkazmalari xizmatlariga tegishli, banklar orqali amalga oshiriladigan tranzaksiyalar bu sonlarga kiritilmagan.