Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 14:24 / 30.05.2015
2018
1 daqiqa o‘qiladi
Britaniya harbiy dengiz kuchlari Italiya qirg‘oqlarida 700dan ortiq muhojirni qutqardi
Britaniya Qirollik harbiy dengiz kuchlariga tegishli Bulwark harbiy kemasi Italiyaning janubiy qirg‘oqlarida 741 muhojirni qutqardi. Bu Sky News telekanali orqali ma'lum qilindi.
Aytilishicha, barcha muhojirlar Italiya qirg‘oq qorovuli kemasiga topshirilgan.
Ilgariroq Italiya qirg‘oq qorovuli O‘rta Yer dengizida Afrikadan kelayotgan 3.3 ming noqonuniy muhojirlarni qutqargani ma'lum bo‘lgan edi. Uchta kemadan jami 17 jasad topilgan.