Sport | 14:15 / 30.05.2015
2716
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun Ispaniya kubogi final uchrashuvi o‘tkaziladi

Bugun 30 maydan 31 mayga o‘tar kechasi soat 00:30da "Kamp Nou" maydonida Ispaniya kubogi finali bo‘lib o‘tadi. Unda "Barselona" hamda "Atletik" kuch sinashadi. 

Ikki klub ushbu musobaqada eng ko‘p chempionlikni qo‘lga kiritgan jamoa hisoblanadi. "Barselona" hisobida 26ta chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, "Atletik" 23 marotaba zafar quchgan. 

Ma'lumot uchun, "Barselona" o‘zining so‘nggi chempionligida (2012 yil) finalida "Atletik" ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, "Atletik" ham joriy musobaqadagi so‘nggi g‘alabasidagi final uchrashuvida (1984 yil) "Barselona"ga qarshi kurashgan. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish