Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:05 / 30.05.2015
4321
1 daqiqa o‘qiladi
Gavayida qilichbaliq hujumiga uchragan baliqchi halok bo‘ldi
Gavayi hududidagi Kailua-Kona orolida qilichbaliqni ovlashga harakat qilgan baliqchining o‘zi uning qurboniga aylandi. Bu haqda Honolulu Star-Advertiser nashri xabar bergan.
Baliqchi suvga garpun va nayza bilan qurollangan holda sakragan. U bu harakat orqali baliqni qo‘rqitishga harakat qilgan, lekin o‘lja unga qarshi hujumga o‘tib, baliqchining yelkasini jarohatlagan.
Qutqaruvchilar 47 yoshli Rendi Lyanesning hayotini saqlab qolishga urinishgan, ammo shifokorlar uning o‘limini qayd etishgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish