Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Rossiyadan qora ro‘yxat bo‘yicha tushuntirish talab qildi
Germaniya Rossiya tomonidan e'lon qilingan qora ro‘yxat bo‘yicha tushuntirish talab qildi. TASS agentligining ma'lum qilishicha, Germaniya TIV ushbu davlatning sakkiz fuqarosi qora ro‘yxatga kiritilganidan noroziligini bildirgan.
Xususan, bu borada e'lon qilingan bayonotda Germaniya fuqarolari nima sababdan bu ro‘yxatga kiritilganini tushuntirish, sabablarni ko‘rsatish talab qilingan.
Ma'lumotlarga qaraganda, Rossiya qora ro‘yxatiga bundestag deputatlari Karl Georg Velman, Mixael Fuks, Yevroparlament deputatlari Rebekka Xarms, Daniel Kon-Bendit, YeI Kengashi bosh kotibi Uve Korzepius, Germaniya mudofaa vazirligi stats-kotibi Katrin Zuder, zobitlar Bernd Posselt va Karl Myullnerlar kiritilgan.