Sport | 07:14 / 30.05.2015
2124
2 daqiqa o‘qiladi

Mishel Platini UYeFA FIFAdagi o‘zgarishlar uchun harakatni qo‘llab-quvvatlaganidan faxrlanishini aytdi

UYeFA prezidenti Mishel Platini Yozef Blatterning FIFA prezidenti lavozimiga qayta saylanganiga izoh berib o‘tdi

“Men UYeFA FIFAdagi o‘zgarishlarga harakatni himoya qilgani va qo‘llab-quvvatlagani uchun faxrlanaman. O‘zgarishlar, mening fikrimcha, agar tashkilot o‘z obro‘sini qaytib olmoqchi bo‘lsa, juda zarur. Men o‘z do‘stim shahzoda Alini uning ajoyib saylov kampaniyasi bilan tabriklayman va fursatdan foydalanib, uning nomzodini qo‘llab-quvvatlagan barcha milliy futbol uyushmalariga minnatdorchilik bildiraman”, deb aytdi Platini.

FIFAning amaldagi prezidenti 29 mayda bo‘lib o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra, yana to‘rt yilga o‘z lavozimini saqlab qoldi. Uning yagona raqibi Iordaniya shahzodasi Ali ibn al-Husayn saylovning 2-bosqichida ishtirok etishdan bosh tortdi.

Saylovning 1-bosqichida Blatter 133ta ovoz, al-Husayn 72ta ovoz to‘pladi. Yana uchta byulleten haqiqiy emas deb topilgan.

Blatter FIFAga 1998 yildan beri boshchilik qilib keladi. Blatterning yangi muddati uning 5-muddati bo‘ladi.

FIFA bosh kotibi ovoz berishdan keyin 2018 yilgi Jahon chempionati Rossiyada bo‘lib o‘tishini ta'kidlab o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish