Jahon | 10:13 / 30.05.2015
2383
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Saakashvilini Odessa viloyati gubernatori etib tayinladi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko gruzinlarning sobiq rahbari Mixail Saakashvilini Odessa viloyatiga gubernator sifatida tayinladi. Bu haqda "RBK-Ukraina" nashri prezident ma`muriyatiga asoslangan holda xabar bergan.

Biroz oldinroq, Poroshenkoning matbuot kotibi Svyatoslav Tsegolko Poroshenko yaqin vaqt ichida Saakashvilining gubernator etib tayinlanganini rasman tasdiqlashi haqida ma'lum qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish