Jahon | 22:14 / 30.05.2015
5295
1 daqiqa o‘qiladi

Pushkov: Saakashvili Gruziyada mahbuslar kolonnasiga boshchilik qiladi

Rossiya Davlat dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha rahbari Aleksey Pushkov o‘z tvitterida Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining Ukrainaning Odessa viloyatiga gubernator qilib tayinlaganiga izoh berib o‘tdi.

“Saakashvili Gruziyaga yana boshchilik qilish uchun Tbilisiga qaytishga va'da berganini unutib qo‘ygan ko‘rinadi. Gruziyada Saakashvili o‘zi eng yaxshi yaxshi vaziyatda mahbuslar kolonnasiga boshchilik qiladi”, deb aytdi Pushkov.

Avvalroq, Ukraina prezidenti Saakashvilini Odessa viloyati rahbari etib tayinlagan edi. Bundan avval Gruziyaning sobiq prezidentiga Ukraina fuqaroligi berilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish