Jamiyat | 15:25 / 30.05.2015
3551
2 daqiqa o‘qiladi

Ramazon oyida respublika bo‘ylab ko‘plab jome' masjidlarda xatmi Qur'on qilinadi

29 may kungi Juma ibodati vaqtida O‘zbekistondagi masjidlarda imomlar Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni (1 iyun) munosabati bilan o‘z ma'ruzalarini oilada farzand tarbiyasi mavzusida olib borishdi.

Ma'ruza davomida xorij OAVi orqali hafta boshida Farg‘onaning Marg‘ilon shahridagi masjidlardan devoriy lavhalar hamda peshtoqlarga osib qo‘yilgan 5 vaqt namoz vaqtlarini ko‘rsatib turadigan elektron uskunlar majburiy tarzda olib tashlanayotgani haqida tuhmatona xabarlar tarqatilgani eslab o‘tilib, bunday ishlar g‘arazgo‘y kimsalar tomonidan olib borilayotgani ta'kidlandi.

Ma'ruzada oilada yaxshi muhit ta'minlanib, farzandlar tarbiyasiga zarar keltirmaslikka e'tiborli bo‘lish tavsiya etildi hamda janjalli oilalarda shunga yarasha xulqi yomon bolalar voyaga yetishi qayd etib o‘tildi.

"Din niqobi ostida dinga zid ishlarni amalga oshirayotgan jangarilar aynan shunday oilalardan yetishib chiqqan", deydi imom.

Xulosa o‘rnida, ma'ruza yakunida O‘zbekistonda din erkinligi va barcha sharoitlar muhayyo etilgani qayd etilib, mamlakatda 2040ta jome' masjid faoliyat yuritayotgani ma'lum qilindi.

Imomning ma'lum qilishicha, Ramazon oyida respublika bo‘ylab ko‘plab jome' masjidlarda xatmi Qur'on qilinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish