Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ravshan Haydarov: Bu terma futbolimiz tarixida qoladi
Yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining O‘zbekiston hamda Gonduras terma jamoalari o‘rtasidagi ilk o‘yin oldidan Ravshan Haydarov ishtirokida matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi matbuot anjumaniga hujumchi Zabihillo O‘rinboyev bilan birga tashrif buyurdi.
- Avvalom bor, barchani Jahon chempionati bilan tabriklaymiz. Shunday nufuzli musobaqada biz ham ishtirok etayotganimizdan xursandman. Muxlislarimizga chiroyli o‘yinlar namoyish etishga va ularga bayramona kayfiyat ulashishga harakat qilamiz. Ko‘rib turganingizdek, chempionat juda qiziqarli o‘tmoqda. Bizning o‘yinlar ham shiddatli va tomoshabop tarzda o‘tishiga umid qilaman, - deya so‘z boshladi Ravshan Haydarov.
- O‘zbekiston futbolida hozir biroz inqiroz bordek. Milliy terma jamoamiz o‘yinlari, bundan tashqari klublarimizning Osiyo Chempionlar ligasidagi o‘yinlara va hokazo. Mazkur ko‘rsatkichlar siz boshqarayotgan terma jamoaga umid bilan qarashga undaydi. Bu narsa sizga yuk va majburiyat yuklamayaptimi?
- Men O‘zbekiston futboli inqiroz demagan bo‘lardim. Futbol hamisha bir tekisda yoki bir maromda o‘tmaydi. Bu hamma joyda bor narsa. To‘g‘ri, futbolimizda oxirgi paytlarda uqadar yutuqlarga erishmadi. Bizga katta umid bilan qarab turishganini ham bilaman. Buni yigitlar ham his qilishmoqda. Shuning uchun maydonda borimizni berib o‘ynashga harakat qilamiz. Buni klublarimizning inqirozi bilan bog‘lamagan ma'qul. Biz bu musobaqani uzoq kutdik va unga yetarli darajada tayyorgarlik ko‘rdik. Albatta bosim bor, bu tabiiydir. O‘zbekiston nomini Jahon futbol forumida himoya qilayotganimizni anglagan holda maydonda harakat qilamiz.
- Avvalgi Jahon chempionatida ham bu ikki jamoa o‘zaro chorak finalga chiqqandi. Bugunga kelib bu jamoalar orasidagi farqni aytib bera olasizmi?
- Biz Meksikada va Turkiyadagi Jahon chempionatlarida qatnashganmiz va ularda muvaffqiyat quchganmiz. Bu safar ham shunaqa bo‘lishiga umid qilyapmiz. Gonduras bilan avvalgi JChda ko‘rishganmiz. Aniqrog‘i, futbolchilarim ularning ayrimlarini yaxshi bilishadi. Ana o‘sha futbolchilardan uchta hozir shu tarkibga jalb qilingan. Bundan tashqari, yangi nomlar kashf etilsa ham ajab emas. Biz o‘z navbatida o‘sha chempionatlardagi ishtirokdan kam bo‘lmaslikka harakat qilamiz.
- Biz Yangi Zelandiyaga kelgunga qadar bo‘lgan tayyorgarlik jarayoni haqida bilamiz. Aytingchi, bu yerga kelib ko‘rilgan tayyorgarlikdan ko‘nglingiz to‘ldimi? Qaysidir futbolchida jarohat yoki boshqa narsalar yuz bermadimi?
- Yangi Zelandiyaga ertaroq keldik. Atayin shunday qilgandi. Sababi, ko‘proq tayyorlanib olish kerak. Muhimtga, vaqt tafovutiga va iqlimga moslashi kerak edi. Menimcha, maqsadimizga erishdik. Keraklicha, shug‘ullanishga vaqt bo‘ldi. Hozir optimal holatga kelishga harakat qilyapmiz. O‘yinni shakllantirish ishlarini olib boryapmiz. Rjadagi hammasi amalga oshdi. Vellingtonda ham yaxshi sharoatda shug‘ullandik. O‘sha kunlari Panama bilan nazorat o‘yini foydali bo‘ldi. Futbolchilarim startni sabrsizlik bilan kutishmoqda.
- Gonduras bilan o‘yin boshqa-boshqa qit'a futboli hisoblanadi. Raqibni o‘rganishda qiyinchilik tug‘ilmadimi? Materiallar yetarli bo‘ldimi?
- Gondurasning o‘yinari tushirilgan disklarni ko‘rdik va tahlil qildik. Futbolchilarim ularning ayrimlari bilan tanishishiga ham ulgurishdi va ayrimlarini bilishadi ham. Ularning uslublarini o‘rgandik. Aytishim mumkinki, Gonduras taxminan Lotin Amerikasi futboliga yaqin o‘yin ko‘rsatadi. Bu haqida tasavvurga egamiz. Hammasi joyida bo‘lishiga ishonaman.

Zabixulla O‘rinboyevga savol:
- Zabixulla, mana siz uchun ushbu Jahon chempionati uchinchisi hisoblanadi. Bemalol bu ko‘rsatkich bo‘yicha hatto boshqa mamlakat futbolchilardan ustunroqsiz. Nima deb o‘ylaysiz, sizdagi tajriga umid qilsak bo‘ladimi?
- Avvalam bor, barchaga assalomu aleykum, demoqchiman. Bizni Yangi Zelandiyada juda kutib olishgani uchun rahmat. Futbolchilar bu kunni anchadan beri kutishyapti va unga tayyor turishibdi. Bevosita savolingizga kelsak: to‘g‘ri men uchinchi marta Jahon chempionatida qatnashyapman. Men endi o‘zimning chempionatimda o‘ynayman. Avvalgilarida kattalar orasida edim. Nasib qilsa, o‘z tengqurlarim orasidagi Jahon chempionatida ortirgan tajribaman foydalanaman. Vatanimga yorug‘ yuz bilan qaytishimiz uchun barcha ishni qilaman.
Azizxon Akbarov, San'at Sharipov
Krayscherch, Yangi Zelandiya
Manba: uff.uz