Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:17 / 31.05.2015
4135
1 daqiqa o‘qiladi
Saakashvili Odessa gubernatori etib tayinlangani tufayli Gruziya fuqaroligidan mahrum bo‘ldi
Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Odessa gubernatorligiga tayinlangani tufayli Gruziya fuqaroligini yo‘qotdi.
“Bu qonun Saakashvilining o‘zi tomonidan qabul qilingan. Agar u gubernator bo‘lsa va boshqa davlat fuqarosiga aylansa, demak, bizning fuqaroligimizdan voz kechgan bo‘ladi”, – dedi bu borada Gruziya parlamenti deputati Zviad Kvachantiradze.
Endilikda Gruziya fuqaroligini qaytadan olish uchun prezidentga murojaat etish talab qilinadi.