Jahon | 11:50 / 31.05.2015
14184
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya AQShning yadroviy tahdidini to‘xtatib turganini ma'lum qildi

KXDR mamlakat AQShning yadroviy tahdidiga qarshilik ko‘rsatayotganini aytmoqda. Mamlakat tashqi ishlar vazirligining bu boradagi bayonoti Koreya markaziy telegraf agentligi tomonidan e'lon qilindi.
Bayonotda aytilishicha, yadroviy kuchlarning borligi KXDRga AQShning provokatsiyalariga qarshilik ko‘rsatish imkoniyatini bermoqda.
Shuningdek, Shimoliy Koreya yadroviy dasturini tanqid qilish to‘g‘ri bo‘lmay, mamlakat har doim yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar olib borishga tayyor.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish