Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Klivlend shahrida sodir bo‘lgan otishmada 3 kishi halok bo‘ldi
AQShning Ogayo shtatidagi Klivlend shahrida sodir bo‘lgan otishmada 3 kishi halok bo‘ldi, bir kishi jarohatlandi. Bu haqda shahar politsiyasiga tayangan holda Cleveland.com portali xabar bermoqda.
Voqea yakshanba kechasi sodir bo‘lgan. 29 yoshli qurollangan erkak shaxsiy uylardan biriga bostirib kirib, 24 yoshli dugonasini hamda uning 63 yoshli bobosini o‘ldirgan, shundan so‘ng o‘z joniga qasd qilgan.
Qizning jinoyatchiga xalaqit bermoqchi bo‘lgan 60 yashar buvasi boshidan yaralangan. U og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
Politsiya rahbari o‘rinbosari Ed Tombaning so‘zlariga qaraganda, bu fojiaga yigit va qiz o‘rtasidagi janjal sabab bo‘lgan.