Jahon | 10:24 / 01.06.2015
1817
2 daqiqa o‘qiladi

Gruziyada Saakashvili fuqarolikdan ayrilgani haqidagi ma'lumot rad etildi

Gruziya poytaxti Tbilisidagi Global tadqiqotlar markazi rahbari Nana Devdariani mamlakatning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining Ukrainaning Odessa viloyatiga gubernator qilib tayinlanishi uning avtomatkik ravishda Gruziya fuqaroligidan ayrilishini anglatmasligini aytdi.
“Biroq bu juda yoqimsiz holat, bu holat uning tarafdorlaridan tortib raqiblarigacha – barchada yomon taassurot qoldirdi. Hattoki uning prezidentlik davridagi boshqaruvini ijobiy baholaganlar ham uning xatti-harakatidan norozilar. Uning qilmishi Gruziyaning istalgan fuqarosini noqulay vaziyatga soladi”, deb aytdi Devdariani.
Devdariani Saakashvilining bu lavozimga tayinlanishi AQSh siyosatining davomi ekanligini qo‘shimcha qilib o‘tdi.
“Mustaqil davlatning sobiq prezidenti boshqa bir mustaqil davlatning gubernatori bo‘lgani kurakda turmaydigan holatdir. Biroq mening fikrimcha, bu AQSh tutgan siyosatning davomidir – ular o‘zlarining amrlariga so‘zsiz itoat qiladigan va ularning siyosiy manfaatlarini amalga oshiradigan o‘zlarining shaxsiy siyosiy elitalarini yetishtiradilar. AQSh hozirda mana shu jamoalarni u davlatdan bu davlatga tashlashni boshlamoqda – bu boshqaruvning yangi uslubidir”, deb aytdi Devdariani.
Avvalroq Gruziyaning amaldagi prezidenti Georgiy Margvelashvili Saakashvilining xatti-harakatini nomunosib deb atagan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish