Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Belarusning Rossiya bozoridagi ziyonlarini 3 mlrd dollarga baholadi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning fikricha, Belarus Rossiya bozorida deyarli 3 mlrd dollar ziyon ko‘rgan. Bu haqda Belarus prezidenti matbuot xizmatida xabar berilmoqda.
“Mamlakat rahbari Rossiya bozorlarining qulashi, sanksiyalar, embargo tufayli Belarus iqtisodiyoti 3 mlrd dollar ziyon ko‘rganini qayd qilmoqda”, deb Lukashenkoning Belarus bosh vaziri Andrey Kobyakov bilan uchrashuvi natijalariga ko‘ra xabar berilmoqda.
Shu bilan birga Lukashenko Rossiya Belarusni tizimli ravishda qo‘llab-quvvatlab kelayotganini hamda tomonlar yuzaga kelgan vaziyatdan birgalikda chiqish yo‘lini qidirishga kelishib olishganini ta'kidlab o‘tdi.