Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 16:00 / 01.06.2015
3416
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Dushanbega boradi
4-6 iyun kunlari O‘zbekiston ichki ishlar vaziri, general-leytenant Adham Ahmadboyev Dushanbega boradi. Asia Plus nashrining xabar berishicha, u Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) ichki ishlar vazirlarining yig‘ilishida ishtirok etadi.
Dushanbe yig‘ilishida, shuningdek, Rossiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston ichki ishlar vazirlari ishtirok etadi. Tadbirga Tojikiston ichki ishlar vaziri, general-polkovnik Ramazon Rahimzoda raislik qiladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish