Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnologiya | 15:17 / 01.06.2015
4912
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston teleradiokompaniyasi sun'iy yo‘ldoshni almashtiradi
O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi tarqatgan xabarga ko‘ra, Uzbekistan teleradiokanalining Ekspress-AM22 sun'iy yo‘ldoshidan uzatib kelingan ko‘rsatuvlari bundan buyon Ekspress-AM6 yo‘ldoshi orqali uzatiladi.
Ekspress-AM6 Rossiyaning sun'iy yo‘ldoshi bo‘lib, 2014 yilning 21 oktabr kuni ishga tushirilgan. Yo‘ldosh multiservis xizmatlar paketini ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Bular sirasiga teleradiouzatish, telefoniya, videokonferensiya bog‘lamasi, ma'lumotlar uzatish, internet chiqish singarilar kiradi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish