Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda sayg‘oqlarning keng ko‘lamda qirilishiga O‘zbekiston aloqador emasligi ma'lum qilindi
Qozog‘istonda sayg‘oqlarning ommaviy halok bo‘lishi O‘zbekiston bilan bog‘liq emasligi aytildi. Bu haqda Qo‘zog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma'lumotlariga asoslanib, xabar qilingan.
Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligining O‘rmon xo‘jaligi va jonivorlar dunyosi qo‘mitasi vakili Bagdat Azibayev Rosselxoznadzor tomonidan Qozog‘istondagi sayg‘oqlar O‘zbekiston hududidan kelgan kasallik tufayli o‘layotgani haqida qilingan chiqishni inkor qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda va O‘zbekiston cho‘llari bilan chegaradosh bo‘lgan G‘arbiy Qozog‘iston hududida bunday kasalliklar qayd etilmagan.
"Kangalinskaya hududi yopilgan. O‘zbekiston tomonidan infeksiya tarqalishi mumkin emas", deydi u Today.kz nashriga bergan intervyusida.
Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vaziri Asiljon Mamitbekov ayni vaqtda Qustanay, Oqmo‘la va Oqto‘ba viloyatlarida xastalik tufayli halok bo‘lgan sayg‘oqlarning miqdori 127145 nafardan oshganini ma'lum qilgan.