Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 12:52 / 01.06.2015
2199
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiya Superkubogi o‘yini boshqa davlatda o‘tkaziladi
Rossiya professional futbol ligasi prezidenti Sergey Pryadkining bayon qilishicha, Superkubok uchun bahs dekabr oyida boshqa davlat hududida o‘tkaziladi. Bunday holat turnir tarixida birinchi marta kuzatilmoqda.
“Superkubok uchun o‘yin dekabr oyida xorijda, chempionatning birinchi qismi yakunlanganidan so‘ng bo‘lib o‘tadi. Bu tashabbusni Premer-liga klublari ilgari surdi”, – uning so‘zlarini keltiradi Sport-Ekspress nashri.
Eslatib o‘tamiz, Superkubok uchun maydonda “Zenit” va “Lokomotiv” jamoalari kurashadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish