Jahon | 10:46 / 01.06.2015
3162
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada harbiylarga Rossiya armiyasi tarixi o‘tiladi

Shu yilning yozidan boshlab Rossiya harbiy xizmatchilariga “Rossiya armiyasi tarixining qisqa kursi” o‘qitila boshlanadi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi matbuot xizmati va axborot boshqarmasi xabar tarqatdi.
Eslatib o‘tilishicha, yozgi ta'lim bosqichi 1 iyuldan boshlanadi. Barcha qismlar va bo‘linmalarda davlat va jamiyat tayyorgarlik mashg‘ulotlari doirasida Rossiya armiyasining “mamlakatni mudofaa qilishdagi tarixiy roli” haqida maxsus kurs o‘qitiladi.
Kurs uchun tayyorlangan qo‘llanma bir necha qismlarga bo‘lingan bo‘lib, undan Rossiyaning mashhur sarkardalari, armiyaning jamiyatdagi o‘rni, qurolli kuchlarning yaratilishi haqida ma'lumotlar o‘rin olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish