Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlik sub'yektlariga internet orqali ruxsatnoma olish imkoniyati yaratildi
Bundan buyon tadbirkorlik sub'yektlari nafaqat davlat ro‘yxatidan o‘tish, balki ruxsatnoma hujjatlarini rasmiylashtirish ishlarini ham internet orqali amalga oshirishi mumkin bo‘ladi. Bu Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik sub'yektlarining internet tarmog‘i orqali davlat ro‘yxatidan o‘tish mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi qarorda ko‘zda tutilgan.
Ta'kidlash joizki, bunday mexanizm 2014 yilning 1 yanvar kuni joriy qilingan edi. Adliya vazirligi bergan ma'lumotlarga qaraganda, o‘tgan yil mobaynida internet orqali 10 127, joriy yilning birinchi choragida esa 9 021 talabnoma qabul qilingan.