Jamiyat | 12:43 / 01.06.2015
3822
1 daqiqa o‘qiladi

Tulada besh kishini o‘ldirgan O‘zbekiston fuqarosi ikki oyga qamoqqa olindi

Tulaning Sovetskiy tuman sudi besh kishini o‘ldirishda ayblangan 29 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Serajin Sheraliyevni ikki oyga qamoqqa olish haqida hukm chiqardi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.
Ilgariroq Tuladagi shaxsiy uylardan birida ikki ayolni va uch bolani o‘ldirgan Sheraliyev aybiga iqror bo‘lgani xabar qilingan edi. Aytilishicha, u 31 iyulga qadar nazorat ostida bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish