Jamiyat | 17:15 / 01.06.2015
2134
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya bosh vaziri Vazirlar mahkamasi yig‘ilishiga gavayicha ko‘ylakda keladi

1 iyundan Yaponiya hukumati an'anaviy Super Cool Biz aksiyasini o‘tkazishni boshladi. The Mainichi nashrining yozishicha, kampaniya doirasida amaldorlar ishga norasmiy kiyimlarda va sport poyafzalida keladi. Shu tariqa energiya tejash maqsadida konditsionerlarni o‘chirib qo‘yish imkoniyati tug‘iladi.
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe va hukumat a'zolari navbatdagi yig‘ilishga Okinava orolining “kariyusi” nomli ko‘ylaklarida tashrif buyuradi. Ta'kidlanishicha, bu gavayi ko‘ylaklarining yaponcha muqobilidir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish