O‘zbekiston | 08:33 / 02.06.2015
9524
1 daqiqa o‘qiladi

Baxodir Axmedov Madaniyat va sport ishlari vaziri etib tayinlandi

Madaniyat va sport ishlari vazirligida avval Madaniyat va sport ishlari vazirining o‘rinbosari-"O‘zbeknavo" EB bosh direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan, shuningdek vazir vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Axmedov Baxodir Majidovich vazir etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik saytida xabar qilingan.

B.Axmedov shu kungacha vazirlikning tuman bo‘limida badiiy rahbar, tuman bo‘limi mudiri, Toshkent shahar boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i va vazir o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
 
Ma'lumot uchun, Baxodir Axmedov 1973 yilda tug‘ilgan bo‘lib, 1996 yilda Toshkent elektrotexnika aloqalar institutini, 2007 yilda esa Prezident qoshidagi Davlat boshqaruv akademiyasini bitirgan.
 
"B.Axmedovga mamlakatimiz madaniyati, san'ati va sportini rivojlantirishdagi ishlarida muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilaymiz", deyiladi vazirlik saytida.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish