Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Blatter navbatdan tashqari saylov o‘tkazilgunga qadar FIFA prezidentligida qoladi
2 iyun kuni o‘z iste'foga chiqishi haqida e'lon qilgan Yozef Blatter navbatdan tashqari saylovlar o‘tkazilguniga qadar FIFA prezidentligida qolishini ma'lum qildi.
"Men yangi saylovlar o‘tkazilgunga qadar o‘z lavozimida qolaman. Rejaga ko‘ra keyingi kongress 2016 yil mayda Meksikada bo‘lib o‘tadi. Biroq biz buncha kuta olmaymiz. Shu sababli men ijroiya komitetidan iloji boricha tezroq navbatdan tashqari kongress o‘tkazishni so‘rayman", – dedi Blatter matbuot-konferensiyasida.
Eslatib o‘tamiz, Yozef Blatter ushbu lavozimda 1998 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda.